Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz yoningizda turamiz. Butun O‘zbekiston xalqi siz bilan! Prezidentimiz siz bilan!» – Ziroat Mirziyoyeva evakuatsiya qilingan sirdaryoliklarni yo‘qladi
21 may kuni Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori atrofidagi favqulodda vaziyat ro‘y bergan hududlarga tashrif buyurdi hamda suv toshqini bo‘lgan yerlardan evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida mamlakatimizning birinchi xonimi odamlarning ahvoli, salomatligi, vaqtinchalik yashash joylaridagi sharoit bilan tanishdi, ularga samimiy so‘zlar bilan dalda berdi.
«Tashqaridan tushkunlikka tushmang, bu kunlar o‘tib ketadi, deyish oson. Lekin hozir ichingizdan nima o‘tayotgani faqat sizga ma'lum!
O‘g‘lim boshpanali bo‘lsin deb, o‘zingiz yemay, imorat ko‘targansiz. Qizimni to‘yiga deb, o‘zingiz kiymay, sarpo yiqqansiz. Hammasidan xabarimiz bor, ko‘rdik, eshitdik.
Eng muqaddas ayyomlardan - Hayit arafasida sizni yo‘qlashni, hech bo‘lmasa bir og‘iz so‘z bilan dalda bo‘lishni ko‘nglimga tugib qo‘ygandim. Keling, shunday tabarruk kunlarda duoga qo‘l ochib, ezgu niyat qilaylik. Bu musibatlar, mashaqqatlar tezroq ortda qolsin. Har biringiz oila davrasida halovat va xotirjamlikda yashang, ilohim.
Alloh xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz yoningizda turamiz. Butun O‘zbekiston xalqi siz bilan! Prezidentimiz siz bilan!», – dedi Ziroat Mirziyoyeva sirdaryoliklar bilan uchrashuv chog‘ida.
Tashrif chog‘ida «Zamin» fondi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi e'lon qilindi. Ushbu loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11ta zarar ko‘rgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Suv ostida qolgan hududlarni qayta tiklash va ulkan qurilish ishlari ketayotgan bir paytda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta'minlash maqsadida yoshi 60dan oshgan barcha qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylashgan sihatgohlar va dam olish maskanlariga, 7dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etiladi. Yaqin kunlarda taklifnoma-sertifikatlar o‘z egalariga yetkaziladi.
Karantin talablarini inobatga olgan holda, aksiyaning barcha ishtirokchilari oldindan COVID-19 test-tekshiruvidan o‘tkaziladi. Barcha xavfsizlik choralari ko‘riladi.
Batafsil ma'lumotlarni www.zaminfoundation.ngo rasmiy veb-saytidan olish mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hilola Umarova PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:13
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

18:44 / 14.06.2025