Bezgakka qarshi dorilar koronavirusga qarshi: gidroksixloroxinning samaradorligi haqida nimalar ma'lum?

Jahon 14:36 / 21.05.2020 16800

Bundan tashqari, AQShning oziq-ovqat va farmatsevtika vositalari sifatini nazorat qiluvchi idorasi (FDA) aprel oyida koronavirusga qarshi kurashda gidroksixloroxinning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risida dalillar mavjud emasligi to‘g‘risida tavsiyalar bergandi. 

Ushbu preparat yordamida Covid-19 kasalligining oldini olishga kelsak, hozirgi vaqtda gidroksixloroxin yoki shunga o‘xshash dorilar koronavirus infeksiyasi oldini olish imkoniga egaligi haqida ishonchli dalillar yo‘q, vaholanki bu yo‘nalishda klinik tadqiqotlar bir qator mamlakatlarda, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Xitoyda olib borilmoqda. 

Gidroksixloroxin nima va u nima uchun ishlatiladi?

Tramp koronavirusga chalinishning oldini olish uchun bezgakni davolashga mo‘ljallangan preparat - gidroksixlorin qabul qilayotganini ma'lum qildi.

Gidroksixloroxin preparati xloroxinning nisbatan so‘nggi va kamroq toksik ta'sirga ega talqini, u viruslarga va yallig‘lanishga qarshi kuchliroq ta'sirga ega. 

Xloroxin odatda bezgak, ba'zi protozoal (tanada bo‘linish orqali ko‘payuvchi) infeksiyalar, revmatoid artrit va qizil silni davolash uchun buyuriladi.

Ushbu dorilarning ikkisi ham kardiotoksik xususiyatga ega va ayniqsa yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarga ega bemorlarda aritmiya va taxikardiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin — bu haqda FDA ogohlantirgan va bu bildirish ushbu ikki dori vositasidan Covid-19'ni ambulator sharoitda davolashda yoki klinik tadqiqotlarda foydalanish bilan bog‘liq xabarlar asnosida yangragan.

AQShda veteranlar kasalxonasining 368 bemorida o‘tkazilgan klinik sinovga ko‘ra, gidroksixoroxinni qabul qilgan Covid-19 bemorlarida o‘lim darajasi standart davolanish kursini olganlardan yuqori bo‘lgan.

Viruslarga qarshi moddalarni tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro jamiyat vitse-prezidenti, professor Ketrin Seli-Radtke ham xloroxinga uning Covid-19'ni davolashdagi samaradorligi to‘g‘risida dalillar bo‘lmay turib juda katta e'tibor berilayotganini ta'kidladi. 

«Eng muhimi, bu xavfli nojo‘ya ta'sirga olib kelishi va odamlarga noto‘g‘ri umid bag‘ishlashi mumkin», deb yozadi professor sciencealert.com saytida. 

Nega bir qator mamlakatlarda bezgakka qarshi vositalardan Covid-19'ni davolashda qo‘llanilmoqda?
Covid-19'ni keltirib chiqaradigan SARS-Cov-2 koronavirus shtammi yaqinda paydo bo‘lgani sababli, u yangi va yaxshi o‘rganilmagan, shuning uchun bemor tanasining u yuzaga keltiradigan asoratlarni yengishiga yordam beradigan tasdiqlangan muayyan bir dori mavjud emas.

Shu sababli, dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan bu kabi vaziyatlarda shifokorlar ba'zi mavjud dori-darmonlarga ular ro‘yxatdan o‘tgan ko‘rsatkichlardan tashqari, ya'ni maqsadga muvofiq bo‘lmagan holda ishlatish amaliyotiga murojaat qilishlari mumkin. 

Qaysi mamlakatlarda Covid-19'ni davolashda bezgakka qarshi dorilardan foydalanishga ruxsat berilgan?
AQShda mart oyining oxirida FDA favqulodda choralar sifatida shifoxonadagi cheklangan holatlarda Covid-19'ni davolash uchun xloroxin va gidroksixloroxinni qo‘llashni tasdiqladi. 

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Covid-19 profilaktikasi, tashxisi va davolash bo‘yicha vaqtincha tavsiyalarida, bezgakka qarshi dorilar istiqbolli deb ko‘rsatilgan. Bunday profilaktika faqat aholining ayrim guruhlariga ikki holatda tavsiya qilinadi: Covid-19 tasdiqlangan holati bilan bir martalik aloqadan so‘ng va infeksiya o‘choqlarida bo‘lgan odamlarda postkontakt profilaktikasi uchun. 

Fransiyada shifokorlar ham ushbu dorilarni koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga buyurishlari mumkin. 

Hindistonda gidroksixloroxinni iste'mol qilish sog‘liqni saqlash xodimlari profilaktikasi, shuningdek, koronavirus bilan kasallangan bemor bilan aloqada bo‘lganlar va shifokorining ko‘rsatmasini olganlar uchun tavsiya etiladi.

Yaqin Sharqning bir qator davlatlari, jumladan, Bahrayn, Marokash, Jazoir va Tunis, ushbu dorilarni ishlatishga ruxsat bergan yoki klinik sinovlardan o‘tmoqda. 

Shu bilan birga, butun dunyodagi mutaxassislar bezgakka qarshi dorilarni o‘zboshimchalik bilan buyurish va nazoratsiz ishlatishdan saqlanishni, ulardan faqat eksperimental dori sifatida va faqat favqulodda holatlarda qo‘llanilishi kerakligini ta'kidlashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: