1 iyuldan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va kuchga kiradi 

O‘zbekiston 22:56 / 21.05.2020 7880

Bu – prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 19 may kuni imzolangan “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.

“Paket” prinsipiga ko‘ra:

– yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va kuchga kiradi.

– yangi qonun loyihasi bilan belgilanayotgan qoidalar ilgari qabul qilingan qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etganda, ilgari qabul qilingan qonunlarga o‘zgartirish kiritish yangi qonunni qabul qilish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi;

– vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bitta hujjat bilan kiritadi;

– Adliya vazirligiga Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrida mavjud bo‘lgan hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi (bunda ular aynan bir xil masalada va texnik ko‘rinishda bo‘lishi lozim).

Ko‘proq yangiliklar: