Sirdaryoda toshqindan yaroqsiz holga kelgan ro‘zg‘or buyumlari yoqib yuborilmoqda

O‘zbekiston 15:07 / 20.05.2020 25561

«Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. Hozirda bu maydonda ikkilamchi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan ashyolar, uy xo‘jaligi buyumlarini yig‘ish, ularni hududdan olib chiqish va yo‘qotish tadbirlarini misol qilish mumkin. Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi», – deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.

Foto: FVV axborot xizmati
Foto: FVV axborot xizmati

Ma'lumot uchun, hozirda toshqindan talafot ko‘rgan 541ta uy ta'mirdan chiqarilyapti. Bunga 13 524 nafar ishchi va 622ta transport vositasi jalb qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: