Sardobadagi suv toshqini hududidan 200ga yaqin kishi vertolyot yordamida qutqarilgan – vazirlik

O‘zbekiston 17:40 / 19.05.2020 7712

Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov voqea joyida qutqaruv ishlari qay darajada tashkil etilgani bo‘yicha axborot berdi.

«Sardoba fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga o‘z vaqtida yordam berish, aholi punktlarini tartibga keltirish maqsadida Mudofaa vazirligi tomonidan 12 mingdan ortiq shaxsiy tarkib, mingdan ortiq harbiy va shaxsiy texnikalar va harbiy-havo kuchlarining 4ta vertolyoti jalb qilindi. Shaxsiy tarkib Sirdaryo viloyatiga yetib borgandan so‘ng Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tezkor shtab tuzilib, Mudofaa vazirligi boshchiligida ishchi guruh tuzildi.

Shaxsiy tarkib joylashgan hududlar to‘liq, elementlarga xos ravishda shakllantirildi. Vertolyot aviatsiyasi tomonidan shu kungacha 270dan ortiq parvozlar amalga oshirilib, jami 196 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi. Vertolyotlarda 300 kilogrammdan ortiq yuklar manzillarga yetkazildi. Hududlardagi manzarani monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz apparatlardan foydalanilmoqda.

Kuniga 800ta xonadon tartibga keltirildi. 26 ming 700 km.kv hududlarda dezinfeksiya ishlari qilindi. Vazirlik radiatsion kimyoviy-biologik himoya qo‘shinlari tomonidan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 300 nafardan ortiq mutaxassislar va 32ta maxsus texnikalar jalb qilindi. Vazirlikning tibbiyot xizmati tomonidan 57ta tibbiyot texnikalari jalb etilgan va 231ta tibbiy xodimlar shu kungacha 3 mingga yaqin fuqarolarga xizmat ko‘rsatdi», dedi Zulfiqorov.

Ko‘proq yangiliklar: