O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2800dan oshdi

O‘zbekiston 10:02 / 19.05.2020 31687

«2020 yil 19 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2802 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 10tasi xorijdan kelgan fuqarolar (ulardan 7 nafari Rossiyadan kelgan va 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) bilan bog‘liq, shuningdek, oldindan karantinda bo‘lgan bir kishida virus aniqlangan.  

Ayni paytda O‘zbekistonda 2314 kishi koronavirusdan butunlay sog‘ayib, shifoxonalarda 475 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Ko‘proq yangiliklar: