Namangan tumani, Oqbuloq mahallasida yashovchi fuqaro M.A. “ustomon” iste'molchi bo‘lib chiqdi. Aniqlanishicha, xonadon egasi karantin mahalda hech kim bilmaydi deb o‘ylab, hisoblagichdan tashqari devor orasidan yashirin tarmoq tortib foydalanib keladi. Olib borilgan tezkor o‘rganish jarayonida iste'molchining bu qilmishi oshkor bo‘lib, yuzi shuvut bo‘ldi.
Ushbu harakati bilan fuqaro o‘g‘rincha elektr energiya tarmoqlaridan foydalanishi orqali huquqbuzarlik sodir etgan deb topildi. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi. Hozirda ta'minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.