Kam ta'minlangan oilalarga nafaqalarni to‘lash «Yagona reyestr» orqali amalga oshiriladi

O‘zbekiston 08:15 / 19.05.2020 6354

13.04.2019 yildagi 308-son VMQ bilan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi («Yagona reyestr» AT) joriy etilishi nazarda tutilgan. Hujjat bilan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda ijtimoiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish va aholiga yordam berish bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish, ariza beruvchilar hamda ijtimoiy davlat xizmatlari va yordam oluvchilarning yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan.  
 
Norma’ning yozishicha, kam ta'minlangan oilalarga «Yagona reyestr» AT orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berish masalasini ko‘rib chiqish va tayinlash tartib-taomillari Sirdaryo viloyatida pilot loyiha doirasida 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab amalga oshirilgan.
 
Yangi hujjatda belgilanishicha, kam ta'minlangan oilalarga 2019 yil 1 oktyabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalarni to‘lash 2020 yil 1 maydan boshlab Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (15.02.2013 yildagi 44-son VMQ) bilan belgilangan tartibda, «Yagona reyestr» AT orqali amalga oshiriladi.
 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2020 yil 1 iyunga qadar o‘z axborot tizimida jamoat ishlari haqini to‘lash bo‘yicha elektron to‘lov ro‘yxati har bir oluvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatilishini hisobga olgan holda shakllantirilishini ta'minlash vazifasi topshirildi.
 
Hujjat 16.05.2020 yildan kuchga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: