Istanbulda Turkiya bayrog‘i ko‘rinishidagi ulkan varrak osmonga uchirildi (video)
15 may kuni Turkiyada koronavirus sababli kiritilgan 50 kunlik taqiqlovdan keyin ko‘plab o‘smirlar ko‘chalarga chiqa olishdi. Ulardan ba'zilari vaqtni zoye ketkazmay, Turkiya bayrog‘i ko‘rinishidagi 60 kvadrat metrlik varrak tayyorlab, uni osmonga uchirishdi.

O‘smirlar varrakni Istanbuldagi bog‘lardan birida mamlakatda 19 may kuni nishonlanadigan Mustafo Kamol Otaturk xotirasi kuni va yoshlar hamda sport bayrami (Atatürk'ü Anma, Gençlik ve Spor Bayramı) munosabati bilan uchirishgan.
1919 yil 19 may kuni Turk Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk Samsun shahrida yoshlar oldida nutq so‘zlab, Turkiyaning bir qismini egallab olgan qo‘shinlarga qarshi kurashga safarbarlik e'lon qilgan. Bu nutq turk halqining milliy-ozodlik kurashini boshlashiga turtki bo‘lgan.
Mavzuga oid

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

14:11 / 08.03.2025
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

20:52 / 05.03.2025
Ittifoqchilik nima? O‘zbekistonning ittifoqchilari kimlar va yana kimlar bo‘lishi mumkin?

17:31 / 03.03.2025