Fransiyada 30 yil ichida ilk bor 6 egiz chaqaloq dunyoga keldi 

Jahon 23:27 / 19.05.2020 7576

Bu haqda RTL radiostansiyasi xabar berdi.

Og‘irligi 630 grammdan 730 grammgacha keluvchi egizaklar homiladorlikning 25-haftasida kesarcha kesish yordamida tug‘dirib olingan. Chaqaloqlarning onasida bungacha 2 nafar farzand bo‘lgan. 

Chaqaloqlarning dunyoga kelishlariga yordam berish uchun 30 nafar mutaxassisdan iborat jamoa jalb qilingan. Yangi “mehmonlar” neonatal jonlantirish bo‘limiga joylashtirilganlar, ular shifoxonada yana bir necha oy qolishlariga to‘g‘ri keladi.

6 egiz chaqaloqning tug‘ilishi dunyoda o‘rtacha 4,7 mlrd tug‘ruqdan biriga to‘g‘ri keluvchi kam uchrovchi hodisa hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, Fransiyada bunday egizaklar 1989 yilda Parijda dunyoga kelgan. 

Ko‘proq yangiliklar: