Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda kuchli shamol binolar tomiga zarar yetkazdi
17 may kuni soat 17:00 atrofida Xorazm viloyatida kuchli shamol esishi kuzatildi. Natijada bir nechta binolar tomiga zarar yetdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, shamol tezligi soniyasiga 15-25 metrni tashkil etgan.
Natijada ayrim korxona, tashkilot va ko‘p qavatli turar joylarning tom qismiga zarar yetgan.

«Hodisalar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», – deyiladi FVV xabarida.

«Ayni damda «Xorazm xududiy elektr tarmoqlari» AJ ham yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etib, navbatma-navbat elektr uzilishlarini bartaraf qilishmoqda. Qisqa muddatda avariyalarni bartaraf qilib, elektr energiyasi yetkaziladi», – deyiladi Xorazm viloyati hokimining Telegram`dagi kanalida.


Bu yilgi bahor O‘zbekistonda qator talafotlar bilan kechmoqda. 27 aprel kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida bir kishi vafot etib, 41 kishi jarohat olgan edi.
Tabiiy ofat Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlariga yetkazgan zarar davlat budjetiga kamida yuz milliard so‘mga tushdi.
Bundan tashqari, qator hududlarda sel kelib, aholi xonadonlarini suv bosdi, infratuzilma obektlari, xususan yo‘llar va ko‘priklarga zarar yetdi.
Jizzax viloyatida bir hafta ichida uch nafar voyaga yetmagan o‘g‘il-qiz sel qurboniga aylandi. So‘nggi bir hafta ichida Jizzax viloyatining Jizzax va Sharof Rashidov tumanlarida, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Boysun tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ham sel kuzatildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
-
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi
O‘zbekiston | 16:09
-
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:55
Mavzuga oid

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

18:13 / 19.06.2025