Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 22:00 / 18.05.2020 28747

Podpolkovnik Baxtjan Almaxanovich Izbasarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Baxtjan Almaxanovich Izbasarov

B.Izbasarov 2017 yil mayidan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2019 yil martidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan podpolkovnik Amanbay Tleubayevich Orinbayev 2020 yilning fevralida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlashni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Podpolkovnik Talg‘at Sulaymanovich Qdirbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Talg‘at Qdirbayev

Tayinlovga qadar T.Qdirbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limiga 2017 yil avgustidan rahbarlik qilgan podpolkovnik Omirbay Keulimjayevich Turdibayev 2020 yil fevralida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Shuningdek, podpolkovnik Faxriddin Tohirovich Hayitov Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Faxriddin Hayitov

Tayinlovga qadar F.Hayitov Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ko‘proq yangiliklar: