Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2800ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 12 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 18 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2791 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 1 nafari Tojikistondan kelib, karantinga olingan, 3 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Bugun jami 38ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda yana 464 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025