Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nishonda un tarqatish: niqobsizlar, keksalar, oraliq masofa yarim qarich ham emas
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida aholiga un tarqatish jarayonida karantin qoidalari buzilayotgani haqida xabar qilindi.

«Jalajin» mahallasida istiqomat qiluvchi Murodilla Mixliyevning ma'lum qilishicha, ushbu mahallada uchta oziq-ovqat do‘koni bo‘la turib, un fuqarolardan birining xonadonidan tarqatilmoqda. Navbatdagilarni ro‘yxatga oluvchi mas'ullar o‘zi bilganicha ish tutgan. Oshna-og‘aynisi, tanishi-bilishiga birinchi navbatda mahsulot tarqatgani uchun tartibsizlik yuzaga kelgan. Un tarqatayotgan xonadon egasi yig‘ilganlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Eng yomoni, umuman karantin qoidalariga amal qilinmayotganidan tashvish tortayotganini bildirgan.
Qashqadaryo viloyati «yashil» hudud hisoblanadi. Viloyatda o‘ziga yarasha karantin cheklovlari yengillashtirilgan, vaziyat boshqa viloyatlarga qaraganda mo‘'tadil.
Ammo barcha hududlarga xos bo‘lgan tartib-tamoyillar bor. Xususan, sanitariya qoidalariga qat'iy amal qilish, niqob taqib yurish va masofa saqlash kabilar.
Lekin Qashqadaryodan jo‘natilgan videoxabardagi holatga nisbatan «masofa saqlash» degan atamani qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki deyarli hamma bir-birining yelkasiga osilib olgan, keksa yoshli fuqarolar ham navbat kutyapti. Niqob taqmaganga ham guvoh bo‘lish mumkin.
Vaholanki, Qashqadaryoda karantin qoidalari yumshatilganidan so‘ng shu mazmunda tarqalayotgan xabarlar birgina bu emas. Hali avvalgidek hayot tarziga qaytishga biroz erta. Xususan, Buxoro va Andijon viloyatlarida yana kasallik holati qayd etila boshlagani ham «yashil» hududdagilarni hushyor torttirishi kerak.
Isomiddin Po‘latov.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

20:53 / 16.07.2025
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

18:37 / 20.06.2025