AQShda 118 yillik tarixga ega do‘konlar tarmog‘i bankrot bo‘lganini e'lon qildi
Amerikaning J.C.Penney Co do‘konlar tarmog‘i egasi koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz oqibatida bankrot bo‘lganini e'lon qildi.

Foto: BLOOMBERG /MICHAEL NAGLE
Kompaniya AQShning bankrotlik to‘g‘risidagi kodeksi 11-moddasiga muvofiq reorganizatsiya o‘tkazadi.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, AQSh chakana savdo sohasi koronavirus pandemiyasi sababli "mutlaqo yangi voqelik bilan to‘qnash keldi. Bu kompaniyadan "xodimlar, mijozlar va o‘z kelajagini himoya qilish uchun biznesni boshqaruv borasida murakkab qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda", deyiladi J.C.Penney bosh ijrochi direktori Jill Soltau tomonidan.
J.C.Penney aksiyalari bankrotlik to‘g‘risida e'lon qilinganidan so‘ng 30 foizga arzonlagan.
Kompaniya do‘konlarning bir qismini yopishni rejalashtirmoqda.
J.C.Penney 118 yil ilgari tashkil etilgan bo‘lib, yuz yil davomida AQShdagi asosiy do‘konlar tarmoqlaridan biri bo‘lib kelgandi.
Avvalroq AQShdagi "lyuks" toifasidagi do‘konlar tarmog‘iga egalik qiluvchi Neiman Marcus Group Inc., undan ham oldin esa J.Crew riteyleri bankrot bo‘lganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid

15:40 / 05.12.2022
Rossiyada bankrotlik to‘g‘risida arizalar berish soni keskin oshdi

14:55 / 03.11.2021
Britaniyada yana bir nechta energetika kompaniyasi bankrot bo‘ldi

21:26 / 22.12.2020
SsangYong Motor o‘zini bankrot deb e'lon qildi

19:08 / 26.05.2020