Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi vatandoshlar uchun tashkil etilgan aksiyaga murojaat qabul qilish vaqtincha to‘xtab qoldi
Pandemiya tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgan Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida 14 maydan «Mehr» aksiyasi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ammo so‘nggi kunlarda aksiya doirasida ko‘mak olish uchun murojaat yuborib bo‘lmayapti.

"mexr.rf" saytidan skrinshot
Rossiyadagi vatandoshlar tomonidan Kun.uz'ga bo‘layotgan ko‘plab murojaatlarda ushbu aksiyani o‘tkazish uchun tashkil qilingan sayt – mexr.rf portalining «Yordam so‘rash» sahifasi orqali ariza qoldirib bo‘lmayotgani aytilmoqda.
Ayni paytda ham saytning ushbu sahifasida anketa to‘ldirish imkoni yo‘q.
Kun.uz holat yuzasidan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi bilan bog‘landi. Ma'lum qilinishicha, bu texnik nosozlik bilan bog‘liq.
«Hozirgi vaqtda saytni ishlab chiqqan kompaniya bilan hamkorlikda uning barqarorligini va o‘tkazuvchanlik imkoniyatini orttirish maqsadida ishlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda «mexr.rf» elektron resursidagi barcha ishlar yakunlanib, veb-sayt to‘laqonli tartibda ishga tushadi. Bu haqida biz rasmiy kanallar orqali fuqarolarimizni xabardor qilamiz», – deyiladi elchixona tomonidan Kun.uz'ga taqdim etilgan izohda.
Xabar qilinishicha, o‘tgan hafta aksiya doirasida Rossiyada yashayotgan va karantin tufayli qiyin vaziyatda qolgan 202 nafar O‘zbekiston fuqarosiga jami 1 mln 220 ming 960 rubl miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilgan.
Mablag‘lar bir martalik yordam uchun murojaat qilgan fuqarolarning shaxsiy bank kartalariga o‘tkazib berilgan.
Birinchi bosqichda moddiy ko‘mak berilganlarning aksariyatini talabalar tashkil etadi:
- Rossiya OTMlarining kunduzgi bo‘limida ta'lim olayotgan 190 talaba;
- Covid-19 yuqtirib olgan 8 nafar o‘zbekistonlik;
- 2 nafar nogiron fuqaro;
- 1 nafar qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bor ayol;
- 1 nafar homilasi 7 oydan oshgan ayol.
Qayd etilishicha, portal ochilganidan keyingi ikki kun ichida Rossiyaning deyarli barcha nuqtalaridagi o‘zbekistonliklardan 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.
«Aytish joizki, elchixona tomonidan berilgan ma'lumotlarga qaramay, bizga kelib tushayotgan ba'zi murojaatlar belgilangan mezonlarga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanmoqda. Shu sababli, elchixona tomonidan «Mehr» loyihasi mezonlariga muvofiq kelmaydigan ehtiyojmand fuqarolarga boshqa mexanizmlar orqali ko‘mak berish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilayotir», – deya qo‘shimcha qilingan elchixona axborotida.
Eslatib o‘tamiz, bir martalik moddiy yordam quyidagi 4 toifa fuqarolar uchun mo‘ljallangan:
- Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
- Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma'lumotnoma) taqdim etgilgan holda;
- Covid-19 tashxisi qo‘yilgan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
- Rossiya OTMlarining kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma'lumotnoma asnosida.
Moddiy yordam O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025