Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda koronavirus bemorlaridan biri vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana bir kishi koronavirusdan vafot etgani va jami qurbonlar soni 12 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Surxondaryo viloyatida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlardan biri yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
«Xalqaro masofaga qatnashga mo‘ljallangan yuk avtomashina haydovchisi I. Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan. Asli sirdaryolik bo‘lgan ushbu fuqaroda ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechib, 5 may kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda Covid-19 infeksiyasi ham aniqlangan.
Shu yilning 11 may kuni esa ahvoli yomonlashgach, Covid-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya og‘ir turi tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bo‘limda bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, vazirlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta'minlangan. Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun'iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
- 16 may holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 44 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, ulardan 40 nafari sog‘aygan.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 12 nafarga yetdi.
Bungacha Toshkentda 5, Namanganda 4, Farg‘ona va Samarqandda bir nafardan bemor vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi
Jahon | 07:48
-
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi
Jamiyat | 07:28
-
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi
Jahon | 07:20
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
Mavzuga oid

14:44 / 14.07.2025
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025