Sirdaryoda mingga yaqin ko‘ngilli yoshlar xizmat qilmoqda – Alisher Sa'dullayev

O‘zbekiston 00:31 / 17.05.2020 10096

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha mingga yaqin volontyor ishlamoqda. Ularning faoliyati uchta yo‘nalishda tashkil etilgan. Birinchidan, butun O‘zbekistondan kelayotgan xayriyalarni qabul qilib, tartib bilan joylashtirishmoqda. Ikkinchidan, evakuatsiya qilingan joylardagi keksalar, yosh oilalarning farzandlari oldida bo‘lib, ularni qo‘llab-quvvatlashmoqda, xizmatlarini qilishmoqda. Uchinchi yo‘nalishda “Fidokor yoshlar otryadlari” tashkil etilgan bo‘lib, ular qurilish obektlaridagi ish jarayonlariga jalb qilingan.

“Bu - yoshlarning jarayonga befarq emasligi, shu vaziyatda o‘z o‘rnini ko‘rsatishni istagani, xalqimiz boshiga kelgan sinovli kunlarda bir chetda turib emas, jarayon markazida ishtirok etishni xohlashining yaqqol misoli, deb o‘ylayman”, dedi Alisher Sa'dullayev.

Ko‘proq yangiliklar: