Buxoro va Andijonda yana yangi kasallar aniqlana boshladi

O‘zbekiston 23:40 / 17.05.2020 82193

Bugun eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahrida qayd etilgan - 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, Andijonda 5 kishiga, Buxoroda 2 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Ushbu viloyatlarda so‘nggi kunlarda yangi zararlanish holatlari qayd etilmayotgandi.

E'tiborli jihati, so‘nggi vaqtlarda virus avj olgan Samarqandda yangi holatlar qayd etilmadi.

Bugun to‘rtta hududda - Buxoro (7), Andijon (1), Surxondaryo (2) va Toshkentda (24) jami 34 kishi koronavirusdan tuzalib chiqdi. 

Hozirda Buxoroda 2 (bugun qayd etilgan bemorlar), Surxondaryoda 1, Andijonda 8 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Bugun Surxondaryoda bemorlardan biri vafot etdi.

Ko‘proq yangiliklar: