Yer kodeksiga o‘zgartish kiritiladi 

O‘zbekiston 09:02 / 16.05.2020 39856

“O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 23-moddasi (Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) to‘rtinchi qism bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra, yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Moddaning to‘rtinchi–oltinchi qismlar tegishincha beshinchi–yettinchi qismlar deb hisoblanadi.

24-moddaning (Yer uchastkasi ijarasi) o‘ninchi qismi “Yer uchastkalarini ijaraga berish” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotish” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.

Ya'ni, yer uchastkalarini ijaraga berish, shuningdek yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: