Tailandda xalqaro aviareyslarga qo‘yilgan taqiq 30 iyungacha uzaytirildi

Jahon 18:24 / 16.05.2020 4080

Tailand hukumati mamlakat aeroportlarida barcha xalqaro yo‘lovchi reyslariga qo‘yilgan taqiq muddatini to‘rtinchi marta uzaytirdi. Bu haqda qirollik fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi farmoyishida aytiladi

Hujjatga ko‘ra, Tailandga xalqaro yo‘lovchi reyslari kelishiga 4 aprelda qo‘yilgan taqiq 30 iyungacha amal qiladi. Ushbu taqiq davlat yoki harbiy samolyotlarga, halokatli qo‘nish, gumanitar yordam, tibbiy va qutqaruv parvozlari repatriatsiya va yuk samolyotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Shu bilan birga, yuqorida sanab o‘tilgan holatlar orqali mamlakatga kelganlar  14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Tailandda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat 13 yanvarda qayd etilgandi. Hozirga kelib kasallanganlar soni 3 mingdan oshdi, 2,8 mingdan ortiq kishi sog‘aydi va 56 kishi vafot etdi.

Mamlakatda 3 apreldan beri soat 22:00dan 04:00gacha komendantlik soati amal qilmoqda. Ushbu tartibni buzganlar ikki yilgacha qamaladi yoki 40 ming bat (1,2 ming dollar) miqdorida jarima to‘laydi.

Ko‘proq yangiliklar: