Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yangi uylarni qurish ishlari bilan uchta kompaniya shug‘ullanadi
Sirdaryo viloyatida Xalqaro press-klubning sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sardoba suv omboridagi hodisa haqida so‘z yuritilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tadbirda mas'ullarga amalga oshiriladigan qurilish ishlaridagi tender haqida savol berildi. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatovning aytishicha, hozirgi kunda quriladigan 3ta joydagi quruvchilar aniqlangan.
«Zudlik bilan qurish kerak bo‘ladigan, eng salohiyatli va aholiga to‘g‘ri keladigan, aholi tomonidan juda ham tez sotib olingan uylar..., shularni hisobga oldik.
Uni kim qurganligini o‘rganib..., «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 20ta uyni Whitecity Construction quradi. U kompaniya Chilonzor tumanidagi Oqtepada, Sergeli tumanida monolit uylar qurgan va Talabalar shaharchasida o‘qituvchilar uchun uylar qurgan. Bu kompaniyaning uy-joy qurganida narxlari ham, mutaxassislari ham to‘g‘ri keladi. Ko‘p mutaxassislari yangi texnologiya bo‘lgani uchun turklardan iborat.
Bu birinchisi. Ikkinchisi - «EkoPark» korxonasi. Bu «Tapoich» hududining ro‘parasida ekouylar qurilyapti, Taraqqiyot ko‘chasidan yangi ko‘prikkacha, o‘sha yerda qurilish olib borgan kompaniya.
Uchinchisi - «Gold step invest». Bu korxona juda ko‘p uylar qurgan, bittasi Qorasuv dahasida Milliy gvardiya uchun yoki boshqa xodimlar uchun qurilayotgan uylar. Shuningdek, «Al-Xorazmiy» maktabini ham shu korxona qurgan.
Shu uchta korxona tanlab olinib, ularga asosiy shartlar qo‘yilib, tezlik bilan zamonaviy, energiya tejamkor va sifatli uylar qurish qo‘yilgan. Hozirgi kunda loyihalash ishlari bilan parallel ravishda mobilizatsiya ishlarini boshlab yuborishgan. Ularning narxi boshqalarga nisbatan arzonroq», - dedi Sherzod Hidoyatov.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

18:44 / 14.06.2025