Samarqandda 10 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2168 nafarga yetdi

O‘zbekiston 14:34 / 16.05.2020 7931

Samarqand viloyatida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilmoqda.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafari Oqdaryo tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan, 2 nafari Toyloq tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 33 yoshda, yoshi kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 144 nafar bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 154 nafar fuqaro kasallikdan butunlay forig‘ bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: