Jinoiy jazoga hukm qilinganlarning har oyda kamida bitta tavsiya etilgan adabiyotni o‘qishi belgilab qo‘yiladi

O‘zbekiston 07:40 / 16.05.2020 7095

Prezidentning “Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta'limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslarining yangi tahrirdagi loyihalarida quyidagilar bo‘yicha aniq huquqiy mexanizmlar belgilanishini ta'minlaydi:

jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarni ta'lim olishiga va kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashishni ularni resotsializatsiya qilishning asosiy vositalaridan etib belgilash;

ta'lim olish va kasb-hunar o‘rganishga vijdonan munosabatda bo‘lishni jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarning asosiy majburiyatlariga kiritish;

jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarning har oyda kamida bitta tavsiya etilgan adabiyotni o‘qishini tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish shakllariga kiritish;

jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarning xulq-atvorini baholashda, jazosini yengilroq jazoga almashtirishda, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishda ularning ta'lim olish va kasb-hunar o‘rganishga vijdonan munosabatda bo‘lganligini hisobga olish;

masofaviy ta'lim shakli orqali ta'lim olayotgan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar uchun fanlarni o‘zlashtirishiga ko‘maklashish maqsadida haftaning bir kunini ta'lim kuni sifatida belgilash va ushbu kunda ularni mehnatga jalb qilinmasligini ta'minlash.

Ko‘proq yangiliklar: