Uzbekistan Airways 18 maydan amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtlarini e'lon qildi

O‘zbekiston 21:00 / 15.05.2020 74058

Uzbekistan Airways 18 maydan boshlab Toshkentdan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga amalga oshiriluvchi aviaqatnovlar (borish va qaytish) vaqtlarini e'lon qildi.

Toshkent–Urganch–Toshkent (dushanba, payshanba)

  • Toshkentdan uchish 09:00 – Urganchga qo‘nish 10:30;
  • Urganchdan uchish 13:30 – Toshkentga qo‘nish 14:50.

Toshkent–Nukus–Toshkent (seshanba, juma)

  • Toshkentdan uchish 09:00 – Nukusga qo‘nish 10:40;
  • Nukusdan uchish 13:40 – Toshkentga qo‘nish 15:00.

Toshkent–Termiz–Toshkent (chorshanba, shanba)

  • Toshkentdan uchish 09:00 – Termizga qo‘nish 10:20;
  • Termizdan uchish 13:20 – Toshkentga qo‘nish 14:30.

Aviachiptalarni onlayn, aeroportlarda va aviakompaniya kassalarida karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda xarid qilish mumkin.

Yangi tartibga muvofiq, aviakompaniya reyslariga faqat koronavirusga test topshirib, natijasi manfiy chiqqan yo‘lovchilargina tana harorati o‘lchangan holda qo‘yiladi. Tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish talab etiladi.

Yo‘lovchilar aeroport vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari va yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart hisoblanadi. Yo‘lovchilar samolyot bortiga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi - yonma-yon o‘rindiqlarning bittasi bo‘sh qoldiriladi.

Parvoz vaqtida zaruratsiz salon bo‘ylab harakatlanish taqiqlanadi.

Tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Ko‘proq yangiliklar: