Suv toshqinidan jabrlangan 4,5 mingdan ortiq oilaga 40 million so‘mdan beriladi

O‘zbekiston 16:02 / 15.05.2020 28271

«Suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar xayriya mablag‘i ham shunga yo‘naltirilgan. Sirdaryo viloyatiga ko‘mak uchun hokimliklar, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda tadbirkorlar ham yordam ko‘rsatgani ta'kidlangan.

Uchrashuvda qatnashgan sardobaliklarga tegishli sertifikat va bank kartochkalari tarqatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: