Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi samarqandlik shifokorni o‘z himoyasiga olib, bosh prokurorga murojaat yo‘lladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda tibbiyot xodimi 34 kishiga koronavirus yuqtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani yuzasidan norozilik bildirib, infeksiya yuqtirilgan yuzlab holatlardan faqatgina tibbiyot xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi asossizligini ta'kidladi.
13 may kuni Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati viloyatdagi tibbiyot xodimlardan biri 34 kishiga koronavirus yuqishiga sababchi bo‘lgani, unga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma'lumot tarqatdi.
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarida qarama-qarshi fikrlar va noroziliklarni keltirib chiqardi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2020 yil 12 may kuni Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasining bo‘lim mudiri X.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-1-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi mazkur qarorni quyidagi asoslarga ko‘ra bekor qilinishi lozim deb hisoblaydi.
Birinchidan, Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasidagi qasddan sodir etilishi talab etiladigan qilmishlardan birortasi fuqaro X.D. tomonidan sodir etilmagan.
Ikkinchidan, Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun maxsus sub'yekt bo‘lish talab etilmaydi. Aniqrog‘i, bu modda bilan faqatgina tibbiyot xodimlari javobgar qilinishi mumkinligi ham qonunda ko‘rsatilmagan. Aytmoqchi bo‘lganimiz, tana harorati oshganligini bila turib, shifokorga murojaat etmasdan o‘zgaga infeksiya yuqtirganlik uchun javobgarlikka tortish mumkin bo‘lsa, nega unda yuzlab holatlarda qonunning bunday kuchidan foydalanilmadi? Nimaga aynan tibbiyot xodimiga kelganda qonunni bunday talqin qilish mumkinligi esimizga tushib qoldi?
Masalan, yaqinda samarqandlik juda katta tadbirkorning farzandi ko‘pchilikka xuddi shunday sharoitda koronavirus yuqtirganligi haqida internetda ma'lumotlar tarqalgan edi. Nima uchun ushbu holatda qonunning shu me'yoridan foydalanilmadi?
Qolaversa, qonunchiligimizda tana harorati oshgan fuqaro, xoh u tibbiyot xodimi bo‘lsin, xoh boshqa koronavirusga analiz topshirmasa jinoiy javobgarlikka tortiladi, degan majburiyat hali o‘rnatilgani yo‘q.
Yuqoridagi holatda tibbiyot xodimi hisoblangan X.D. koronavirus infeksiyasini juda katta ehtimol bilan bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuqtirib olgan. U koronavirus yuqtirib olganligini joriy yil 28 aprel kuni topshirgan testi natijalari aniq bo‘lganidan keyingina bilgan va darhol davolanish uchun yotqizilgan. Bungacha u ushbu infeksiyani yuqtirib olganini bilmagan va bilishi mumkin ham bo‘lmagan. Qolaversa, 34 nafar fuqaroga koronavirus aynan tibbiyot xodimidan yuqqanmi yoki boshqadanligini hali dastlabki tergov jarayonida isbotlash kerak bo‘ladi.
To‘g‘ri, Sog‘liqni saqlash vazirligi X.D.ning o‘z sog‘ligiga nisbatan beparvo bo‘lib, kimlarnidir xavf ostida qoldirganligini oqlamoqchi emas. Shu bilan birgalikda, vazirlik mazkur holatda X.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror asossiz, deb hisoblaydi», deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi yuridik bo‘limi boshlig‘i Ruslan Muhammadiyev.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga X.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish masalasini o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqilishini so‘rab, joriy yil 14 may kuni murojaat yo‘llagan.
Vazirlik ushbu masala nazoratga olinib, o‘z qonuniy yechimini topishiga ishonch bildirgan.
«Ma'lumki, ayni kunlarda butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga qarshi mardonavor kurashayotgan shifokorlar alohida e'tirof etilmoqda. O‘z navbatida yurtimiz tibbiyot xodimlari ham, davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, o‘z hayoti va sog‘ligini garovga qo‘yib, pandemiyaga qarshi qahramonona faoliyat olib borishmoqda.
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasiga qarshi qattiq kurashayotgan ana shunday bir sharoitda, yuqoridagi kabi dilni xira qiladigan bu kabi holatlar olib borilayotgan keng ko‘lamli sa'y-harakatlar samarasiga, minglab shifokorlar kayfiyatiga faqatgina salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28
-
«Tashabbusli budjet»da 823 ta mahallaga tanaffus berildi
O‘zbekiston | 22:42
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025