O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekiston 08:49 / 15.05.2020 4943

O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma'lum qildi.

Xabar berilishicha, xorijlik haydovchilarga iloji boricha tezroq mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan 14 kunlik karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishga ruxsat beriladi.

Kema orqali xorijiy yuk tashuvchilarga (Ro-Ro operatsiyalari) «Zonguldak-Chernomorsk (Illichivsk)», «Istanbul-Chernomorsk», «Karasuk-Chernomorsk», «Konstanta-Karasu», «Tashuju-Tripoli» va «Mersin-Hayfa» yo‘nalishlarida tashishni amalga oshiradigan kema bortida bo‘lishlariga ruxsat beriladi (ilgari haydovchilarning kemaga kirishiga ruxsat berilmagan, faqat yarim tirkamalar / tirkamalar qabul qilingan).

Kasallik alomatlari aniqlansa, chet ellik haydovchilarning Turkiya hududiga kirishi rad etiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: