O‘zbekistonda yana 30 kishida koronavirusdan aniqlanib, jami holatlar soni 2682taga yetdi

O‘zbekiston 19:05 / 15.05.2020 27776

«2020 yil 15 may soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2682 nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, joriy yilning 13 may kuni ularning 3 nafari Qozog‘istondan, 2 nafari esa Rossiyadan kelgan.

25 nafar fuqaroning kasallanish holati esa (ularning 23 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan) oldin kasalligi tasdiqlangan 11 nafar bemor bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan aniqlandi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. 

Bugun hozircha 37ta yangi zararlanish holati qayd etildi va Namangan, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda jami 22 bemor tuzaldi.

Kasallik O‘zbekistonga kirib kelganidan buyon 2158 kishi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda.

Shifoxonalarda bugungi kunda 513 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: