Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2652taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 7 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 15 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
7 nafar yangi kasallanish holatining 3 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan 3 nafar fuqaro 9 va 13 may kunlarida Tojikistondan kelgan va karantinga olingan.
14 may kuni O‘zbekistonda jami 33ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 60 nafar bemor tuzaldi.
- Shu vaqtgacha 2136 kishi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 505 bemor davolanmoqda va ularning 8 nafari og‘ir ahvolda.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma'lum qilishicha, Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tyapti. Ularning 15 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 31 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.
Shuningdek, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 460 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi. Kechagi kunning o‘zida 14,7 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025