«O‘zbekinvest» Sirdaryo viloyatida jabr ko‘rgan oilalarga xayriya yordamini yo‘lladi hamda sug‘urta qoplamalarini to‘lashni boshladi

O‘zbekiston 14:30 / 15.05.2020 3759

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin tumanlarida aholining uy-joylarini buzilishiga va mol-mulklaridan ayrilishiga olib kelgan tabiiy ofat oqibatida mazkur hududlarda jabr ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekinvest» kompaniyasi 150 mln so‘mlik xayriya yordamini yo‘lladi.

Shuningdek, «O‘zbekinvest» kompaniyasi uy-joylarini yo‘qotgan va vaqtincha maktab hamda bolalar bog‘chalarida joylashtirilgan aholiga dori‑darmon, shaxsiy gigiyena vositalari, ichimlik suvi va boshqa zarur vositalarni o‘z ichiga olgan insonparvarlik yukini jo‘natdi.

Hozirgi kunda «O‘zbekinvest» kompaniyasi fuqarolarning kompaniyada sug‘urtalangan mol-mulklariga yetkazilgan zararlar miqdorlarini baholash va to‘lash ishlariga faol kirishdi hamda arizalar kelgandan boshlab ikki kun ichida 120,5 mln so‘m miqdoridagi zararni kompaniyaning Mirzaobod tumanidagi birinchi mijozlariga qoplab berdi.

Shu bilan birga, Buxoro viloyatida bo‘lgani kabi kompaniya mutaxassislari sertifikatlangan baholovchilar bilan birgalikda qisqa vaqt muddatlarda zararlar ko‘rib chiqish, ularning miqdorlari aniqlash va aziyat chekkan oilalarga sug‘urta qoplamalarini to‘lab berish ishlarini yakunlaydilar. Ushbu maqsadlar uchun kompaniyada 5 mlrd so‘m miqdorida zahira shakllantirilgan.

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: