Bugun olti hududda yangi holatlar qayd etildi

O‘zbekiston 00:29 / 15.05.2020 55083

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvali keltirildi.

Bugun eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahrida qayd etilgan - 22 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, Samarqand (+5), Navoiy (+2), Sirdaryo (+2), Andijon (+1) va Namanganda (+1) yangi holatlar qayd etilgan.

Uchta hududda jami 60 bemor tuzalib chiqqan - Farg‘ona (-1), Samarqand (-26) va Toshkent (-33). Farg‘onada endi bitta ham kasal qolmadi va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi.

Ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 80 foiz qismi (2136 kishi) tuzalgan. Hududlar kesimida olinsa, bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichlar Buxoro (98 foiz) va Andijon (95 foiz) viloyatlari eng yuqori sog‘ayish ko‘rsatkichlarini qayd etmoqda. Lekin Andijonda so‘nggi kunlarda yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

Xorazmda 7 maydan buyon, Buxoroda esa 9 maydan buyon yangi holatlar qayd etilmagan, Xorazmda shifoxonada qolayotgan bemorlar soni ko‘proq (23 nafar), Buxoroda esa 7 bemor qolgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2645taga yetgan, shundan 2136 kishi sog‘aygan, 11 kishi vafot etgan, ayni vaqtda davolanayotgan 498 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi holatlar xorijdan kelib, karantinga olinganlar orasida aniqlanayotganini ma'lum qilgan, lekin bugun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Ulug‘bek» mahallasida koronavirusga chalinganlar soni ortgani sababli karantin choralari kuchaytirildi.

Ko‘proq yangiliklar: