O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2636taga yetdi

O‘zbekiston 15:30 / 14.05.2020 29513

«2020 yil 14 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2636 nafarni tashkil qilmoqda.», deyiladi vazirlik xabarida.

16 nafar yangi kasallanish holatining 6 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 10 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan. 

Bugun hozircha 24ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 60 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilmoqda.

Shifoxonalarda 489 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda, ulardan 11 nafari og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: