O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2620taga yetdi

O‘zbekiston 10:10 / 14.05.2020 26173

«2020 yil 14 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2620 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan. 

Ayni paytda O‘zbekistonda 2076 kishi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda.

Shifoxonalarda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: