O‘zbekistonda ilmiy tashkilotlarning reytingi tuziladi

O‘zbekiston 13:17 / 14.05.2020 2310

Qaror bilan Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi esa ushbu tizimni shakllantirish uchun mas'ul etib belgilandi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, endilikda ushbu vazirlik:

ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlari sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini tavsiflovchi ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

har yili ilmiy tashkilotlar reytingini tuzish;

milliy ilmiy tashkilotlarning dunyodagi nufuzli ilmiy markazlar reytingiga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish;

reyting natijalari asosida ilmiy tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari sifatini oshirishga kiritilgan aniq takliflarni nazarda tutuvchi respublikadagi ilmiy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida tahliliy axborot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.

Bo‘ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirliklar, idoralar hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan reytingni aniqlashga oid ma'lumotlar har yili 1 fevralga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi va o‘rganish hamda tahlillar asosida reyting 1 mayga qadar aniqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: