Farg‘ona koronavirusdan xoli hududga aylandi

O‘zbekiston 12:12 / 14.05.2020 39703

«Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan so‘nggi bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Darhaqiqat, yurtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan dastlabki kunlardan infeksiya tarqalishining oldini olish, bemorlarni samarali davolash borasida qat'iy va tizimli sa'y-harakatlar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan xoli bo‘lgan hududlar safi kengayib bormoqda.

Farg‘onada tuzalgan so‘nggi bemor (40 yoshli erkak) ushbu viloyatning Oltiariq tumanidan bo‘lib, koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Shunday qilib, viloyatdagi fidoyi shifokorlar sa'y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari ham koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 9 may kuni viloyatda yana koronavirus aniqlana boshladi, ayni vaqtda viloyatda 15 nafar bemor bor.

Ko‘proq yangiliklar: