Boeing Saudiya Arabistoniga mingtadan ko‘proq jangovar raketa yetkazib beradi  

Jahon 08:22 / 14.05.2020 5845

Bu haqda Pentagon o‘z xabarida ma'lum qildi.

Jumladan, AQSh kompaniyasi Saudiya Arabistoniga 650 ta SLAM-ER (Stand-off Land Attack Missile - Expanded Response) qanotli raketasi va Block II modifikatsiyasidagi 42 ta Harpoon kemalarga qarshi raketalarini yetkazib beradi.

Shu maqsadda Boeing Ar-Riyod bilan SLAM ER’ni modifikatsiya qilish ishlarini o‘tkazish va 650 ta yangi raketa yetkazish uchun 1,971 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan. Ta'kidlanishicha, shartnoma 2028 yil dekabrigacha bajariladi. Ma'lum qilinishicha, SLAM ER raketasining uchish uzoqligi 270 kmni tashkil qiladi. 

Shuningdek, Harpoon Block II raketalarining yetkazilishi Ar-Riyodga 656,98 mln dollarga tushadi. Bu turdagi raketalar Saudiya Arabistonidan tashqari, Braziliyaga (4 dona), Tailandga (8 dona) va Qatarga (53 dona) yetkaziladi. Ushbu raketaning uchish uzoqligi 125 kmga yaqinni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: