Yana bir davlat koronavirusdan qutuldi

Jahon 15:04 / 13.05.2020 42619

Yana bir davlat — Tailandda koronavirus chekindi, epidemiya boshlanganidan beri ilk bor bu yerda birorta ham kasallikka chalinish va o‘lim holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Bangkok Post xabar bermoqda.

Ijobiy xabarga qaramasdan, hukumat aholini ehtiyot choralaridan voz kechmaslikka chaqirmoqda.  

Shu kunga qadar Tailandda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 3017ta holat qayd etilgan, 56 kishi vafot etgan.

Aprel oxirida Vetnam koronavirus bilan xayrlashgani xabar qilingandi – bu yerda bir hafta davomida birorta ham kasallikka chalinish holati qayd etilmadi. 

Shundan so‘ng karantin bekor qilindi. Xususan, yirik shaharlarda tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berildi, qahvaxona va do‘konlar ochildi. Xabar qilinishicha, maktablarda darslar boshlangan, jamoat transporti ishga tushgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: