Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan maksimal haq miqdorlari tasdiqlanadi

O‘zbekiston 07:35 / 12.05.2020 12878

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan maksimal haq miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan maksimal haq miqdorlari tasdiqlanadi.

Buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi.

Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha

harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan

MAKSIMAL HAQ MIQDORLARI

Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan maksimal haq miqdorlari (bundan buyon matnda haq miqdorlari deb yuritiladi) xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan kamayuvchi tartibida undirilishi mumkin.

Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi talablari asosida hamda mazkur haq miqdorlarida belgilanganidan ortiq bo‘lgan miqdorda undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi bo‘yicha elektron ma'lumotlar bankini yuritish bo‘yicha bazaviy idora hisoblanganligi sababli haq miqdorlarining 21-bandida nazarda tutilgan xizmat uchun undiriladigan maksimal haq miqdorlarining 50 foizi budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va kelgusida idoraviy notarial arxivlarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.

Ko‘proq yangiliklar: