Karantin vaqtida uyda qolish salomatligingizni asrash uchun eng to‘g‘ri qarordir. Biroq “sog‘lom turmush tarzi” qoidalariga amal qilinmasa, uyda qolish ham organizm uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Tasavvur qiling, kuniga 3 mahal tansiq taomlar, bundan tashqari yoniga bir-biridan mazali shirinliklar tanovul qilsangiz. Yana biz odatda, taomlarni qaynoqqina choy bilan iste'mol qilishga odatlanganmiz. Bu esa inson organizmi uchun juda ham zararli ekanini yoddan chiqaramiz.
Ish yoki o‘qish bilan ko‘chada yurganingizda esa hech bo‘lmaganda piyoda yurasiz, harakatda bo‘lasiz. Biroq ayni damda uyda bo‘lib, kam harakatda bo‘lgan insonlar uchun to‘g‘ri ovqatlanish juda ham muhimdir.
Bejizga, shifokorlar kundalik ratsion tarkibiga mineral suvlarni ham kiritishni tavsiya etishmaydi: mineral suvlar – nafaqat chanqoqni tezda bosadigan, balki immunitetni ko‘tarib, turli kasalliklarning oldini olish va davolashda foydalansa bo‘ladigan tabiiy ichimlikdir.
Qarshi oling! O‘zbekiston bozorlarida esa yana bir shifobaxsh mineral buloq suvi – “Kelechek”. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatini dunyoga tanitgan “27-buloq Bis” ma'danli suvi endilikda yurtimizga “Kelechek” brendi ostida olib kelindi.
Jalolobod tabiiy mineral suvlari Sobiq Ittifoq davridayoq o‘zining shifobaxshligi bilan nom qozongan. Shu sababli, har yili bu hududga minglab insonlar turli dardga davo topish maqsadida tashrif buyurishadi. Yana bir afsonaga ko‘ra, aynan shu suv yordamida Payg‘ambar Ayub ham og‘ir kasallikdan forig‘ bo‘ladi.
Siz hozir ichayotgan suvingizga e'tibor bering: uning tarkibiy qismi nimalardan iborat? U inson organizmi uchun foydalimi? Qayerda ishlab chiqariladi? Biz sizga tavsiya qilayotgan “Kelechek” shifobaxsh buloq suvi o‘zining tabiiy xususiyatlari va foydali minerallarga boyligi bilan Gruziya va Rossiyaning buloq suvlaridan sira ham qolishmaydi. “Kelechek” cuvlari chanqoqni tezda qondiradi, jig‘ildon qaynashi yoki ko‘ngil aynishi holatlarini bartaraf etadi, ovqat hazm qilishni yengillashtiradi, moddalar almashinuvini yashilaydi. Yana bir foydali xususiyati esa – sizlarni ortiqcha vazndan xalos bo‘lishingizga yordam beradi.
Shuningdek, “Kelechek” bir qancha kasalliklarga qarshi qo‘llaniluvchi ma'danli suv ham hisoblanadi. Jumladan:
· Gastrit bilan bog‘liq kasalliklar;
· Oshqozon yarasi;
· Yo‘g‘on ichakning surunkali yallig‘lanishi (kolitlar va enterokolitlar);
· O‘t qopi toshlari kasalligi;
· Jigarning surunkali kasalliklari (gepatitlar);
· Xolesistit va xoletsistoxolangit;
· Pankreatit;
· Modda almashinuvining buzilish holatlari;
· Endokrin tizimi kasalliklari;
· Siydik ajratish tizimi kasalliklari;
· Semizlik bilan bog‘liq kasalliklar;
· Radiaktiv nurlanish oqibatlari va h.k.
Avvallari, yurtdoshlarimiz Jalolobodning mineral suvidan shifo topish maqsadida qo‘shni davlatga borishga majbur bo‘lishardi. Endi esa bu suvni ichish uchun Qirg‘izistonga borishga hojat qolmaydi.
“Kelechek” buloq suvlarini Respublikamizning barcha hududlarida, jumladan bozorlar, supermarketlarda topishingiz mumkin. Foydali ma'danlarga boy, ta'mi ko‘ngilga tegmaydigan suvni siz ham tatib ko‘ring. “Kelechek” sizga va oila a'zolaringizga manzur kelishiga hamda kundalik taomnomangizdan o‘rin egallashiga ishonamiz.
🙏Priyatnogo vsem iftorlika🙏Priyatnogo vsem iftorlika
Posted by Kelechek on Sunday, May 10, 2020
Murojaat uchun telefon:
+998 90 121 02 00
+998 99 933 38 88
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram: Kelechek_water
Facebook: Kelechek
Reklama huquqi asosida