«Neksiya» va avtobus to‘qnashuvida haydovchilardan biri qurbon bo‘lib, 3 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi
YTH yuzasidan Beruniy tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 7 may kuni soat 20:10larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Oltinsoy MFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1972 y.t. M.A. “Neksiya” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1990 y.t. Sh.N. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobus bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi, 48 yoshli M.A. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchilari, 1976 y.t. M.U., 1976 y.t. R.M. hamda “Isuzu” rusumli avtobus yo‘lovchisi, 1997 y.t. M.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Beruniy tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda "Yo‘l harakati qoidalari"ga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:57 / 23.10.2024
Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024