Kim Chen In Si Tszinpinni koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat bilan tabrikladi 

Jahon 07:21 / 08.05.2020 10431

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Kim Chen In o‘z murojaatida Xitoyning muvaffaqiyatlaridan xuddi o‘ziniki kabi xursandligini aytgan va Si Tszinpinning epidemiologik vaziyat ustidan o‘rnatgan taktik va strategik nazoratini qayd qilib o‘tgan.

Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi xitoylik hamkasbiga mustahkam sog‘liq tilagan va Xitoy koronavirusga qarshi kurashda erishgan yutuqlarini yanada mustahkamlay olishiga va yakuniy natijada “Si Tszinpinning dono rahbarligi ostida” g‘alabaga erishishiga ishonch bildirgan.

Kim Chen Inning fikricha, Shimoliy Koreya va Xitoy partiyalari o‘rtasidagi munosabatlar tarixning turli sinovlari va chaqiriklarini yengib, yanada mustahkam ko‘rinish olgan. 

Murojaat Xitoy yetakchisiga qanday yetkazilgani ma'lum qilinmagan. 

Xitoyda oxirgi kun ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha bor-yo‘g‘i bitta holat qayd etildi. 

Ko‘proq yangiliklar: