Janubiy Koreyada beysbol mavsumi tribunalardagi “soxta” muxlislar bilan boshlandi

Sport 01:13 / 08.05.2020 7582

Katta sport muxlislarsiz qaytmoqda, biroq koreyaliklar haqiqiy o‘yin muhitini yaratishga urinib ko‘rishdi. Inchxonda mahalliy “SK Viverns” beysbol jamoasi shu maqsadda tribunalarda niqoblarda bo‘lgan muxlislar suratlari tasvirlangan bannerlarni joylashtirib chiqqan.

Hakamlar o‘yinda qo‘lqoplar va niqoblarda ishlashgan. Beysbolchilar esa o‘yinga niqobda chiqishgan, biroq ularga o‘yin vaqtida uni taqmaslikka ruxsat berilgan. Shuningdek, o‘yinchilarga qo‘l siqishish va tuflash taqiqlangan.

Janubiy Koreyada 8 maydan futbol bo‘yicha mamlakat chempionati ham start oladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 10810 nafarni, undan vafot etganlar 256 nafarni tashkil qilmoqda. Oxirgi bir kun ichida 4 ta yangi kasallanish va bitta o‘lim holati qayd etilgan. 

Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Ko‘proq yangiliklar: