«Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasi parametrlari aniqlashtirildi

Iqtisodiyot 10:08 / 08.05.2020 6429

Vazirlar Mahkamasining 6.05.2020 yildagi «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 267-son qarori bilan hududlar chegaralari belgilandi, direksiya tuzilmasi, uning ustavi va faoliyatini moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.
 
EIZ Prezidentning 13.09.2019 yildagi «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF-5825-son Farmoniga muvofiq Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan.
 
Norma’ning yozishicha, yangi hujjat bilan kelgusi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish sharti bilan 2020-2021 yillar davrida EIZ direksiyasini saqlash va zarur infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika budjetidan va Qashqadaryo viloyati budjetidan mablag‘lar ajratilishi tartibga solinadi.
 
Xususan, «Chiroqchi» EIZ direksiyasi» DUKning ustav fondini shakllantirishga 1 mlrd so‘m ajratiladi. Ikki oy mobaynida Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
 
Hujjat 6.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: