Jizzax viloyati IIBdan xabar qilishlaricha, qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan bo‘lgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan.
Qizning jasadi soydan 500 metr uzoqlikdan topilgan.
O‘tgan hafta viloyatning Zomin tumani «Shirin» fuqarolar yig‘inida 14 va 7 yoshli opa-ukalar ham sel kelishi qurboniga aylangan edi.
29 aprelda esa Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sel mollar podasini oqizib ketdi.