Foydali xavfsizlik: LADA kompaniyasi sotib olingan avtomobillarni uyingizgacha yetkazib beradi

Fan-texnika 11:00 / 05.05.2020 31181

LADA kompaniyasi bugungi kunda sotuvda mavjud rusumdagi barcha avtomobillar uchun aksiya haqida ma'lum qilishga shoshilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi davrida sizning sog‘lig‘ingiz hammasidan ustundir. O‘z avtomobilingizda o‘zingizni himoyalang, jamoat joylariga tashriflarni kamaytiring va avtomobilingizda harakatlaning. LADA kompaniyasi bu borada foydali chegirmalar taklif qilgan holda sizga yordam beradi.

Shuni ham eslatib o‘tamizki, 10 mayga qadar siz LADA avtomobillarini uning rusumi va avtomobil jamlamasidan qat'i nazar, 6 000 000 so‘m foydali chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.

Shuningdek, siz avtomobilga onlayn tarzda ham buyurtma berishingiz va uni uyingizgacha yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

LADA Uzbekistan qo‘shimcha tarzda shuni ham ma'lum qiladiki, kutilmagan sharoitlar hamda koronavirus pandemiyasi sabab, 11 maydan LADA avtomobillari narxi biroz ko‘tarilishi kutilmoqda. Kompaniya majburiy choralar bilan bog‘liq sabablar uchun xaridorlardan uzr so‘raydi va LADA avtomobillariga nisbatan bo‘lgan tanlovingiz o‘zgarishsiz qoladi, deb umid qiladi.

O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang! LADA kompaniyasi siz haqingizda qayg‘uradi!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: