Surxondaryoda voyaga yetmagan bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 8 yoshli bola vafot etdi
Holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 3 may kuni soat 20:00larda Surxondaryo viloyati, Uzun tumani O‘zbekiston mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108V avtomobil yo‘lining 9-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 y.t. D.G. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar 2012 y.t. R.Sh. va 2013 y.t. Sh.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda 8 yoshli R.Sh. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Voyaga yetmagan piyoda 7 yoshli Sh.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni, haydovchilar yo‘llarda piyodalarga e'tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024