Magnus Karlsen onlayn supermusobaqa g‘olibi bo‘ldi

Sport 00:21 / 04.05.2020 6731

Norvegiyalik sportchi finalda amerikalik Xikara Nakamurani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi

Musobaqada dunyoning 8 nafar kuchli shaxmatchisi ishtirok etgan. Uning mukofot jamg‘armasi 250 ming dollarni tashkil qilib, bu summadan g‘olib 70 ming dollar oladi. Musobaqa Karlsen tomonidan tashkil etilgan.

Magnus Karlsen 16-jahon chempioni bo‘lib, tarixda birinchi mutlaq chempion hisoblanadi. U shaxmatning uch toifasida: klassik shaxmat, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan. Norvegiyalik, shuningdek, Xalqaro shaxmat federatsiyasining reytingida yetakchilik qilgan eng yosh shaxmatchi hisoblanadi. U bunga 19 yosh bir oyligida erishgan. Ayni vaqtda Karlsen klassik shaxmat va rapid bo‘yicha jahon reytingiga yetakchilik qilmoqda, blitsda esa Nakamuradan keyin 2-o‘rinni egallamoqda.

Xikara Nakamura AQShning 5 karra chempioni bo‘lib, 15 yoshida FIDE’ning xalqaro grossmeyster unvonini olgan. U bu borada amerikalik shaxmatchilar uchun afsonaviy shaxmatchi Robert Fisher tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilagan.

Ko‘proq yangiliklar: