Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobadagi hodisada jabr chekkan oilalarga sportchilar tomonidan insonparvarlik yordami jo‘natildi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, sportchilar va trenerlar Sardoba fojiasida jabr ko‘rgan oilalarga yordam aksiyasini boshlashdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik ko‘magi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan yurtdoshlarimizga yetkazib berildi.
Ular tomonidan to‘plangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Saxovat karvoni” kecha, 2 may kuni Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik ko‘magi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi (Futbol mahorati maktabi) yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan yurtdoshlarimizga yetkazib berildi.
Shuningdek, bu yerga joylashtirilgan fojiadan jabr chekkan yurtdoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.
Bugun, 3 may kuni ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Saxovat” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida yig‘ilgan ro‘zg‘or buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, maktab o‘quvchilari uchun badiiy kitoblar hamda o‘quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan ikkinchi “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga jo‘natildi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida to‘g‘oni 1 may tongida buzilib, suv toshib chiqqan edi. 3 may holatiga ko‘ra qutqaruvchilar tomonidan 300dan oshiq kishi toshqin oqibatlaridan qutqarilgan.
Avariya oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlaridan so‘ng 70 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan, kamida 56 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi

23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari

13:53 / 18.09.2022