O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1997 y.t. S.R. “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarayotib, quvib o‘tish manyovrini bajarish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashmaslik maqsadida o‘z avtomobilini chapga olib, “Jarqo‘rg‘on-Surxon” yo‘nalishida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan velosipedchi, 1965 y.t. A.Q.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, velosipedchi A.Q. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.